Abstract
Maqolada “Malla savdogar” dostoni variantlari daryo, suv bilan bog‘liq syujetlarni inson va suv, ajdodlarning suvga bo‘lgan totemik e’tiqodi , suv haqidagi etnomif qarashlar, zardushtiylik va islom dinida suvga munosabat to‘g‘risida muloza yuritiladi. Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim namunasidir hisoblangan “Malla savdogar” dostonining turli variantlarida suv va daryo bilan bog‘liq etnomifologik qarashlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida doston syujetlarida inson va suv o‘rtasidagi ramziy munosabatlar, ajdodlarning suvga bo‘lgan totemik e’tiqodlari hamda suvning hayot manbai sifatidagi mifologik talqinlari yoritiladi. Shuningdek, suv obrazining qadimgi e’tiqodlar, xususan zardushtiylikdagi muqaddaslik tushunchasi va islom dinidagi poklik, tahorat va hayot manbai sifatidagi qarashlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada suv bilan bog‘liq etnomif qarashlarning doston badiiy tizimidagi o‘rni, ularning xalq dunyoqarashi va madaniy xotirasini aks ettirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil etiladi.References
[1]. Malla savdogar dostoni. Nurali dostoni turkumi. Baxshi Jo‘ra Eshmirzayev varianti T.317-318-319-b. [2].Mesaru Emotoning “Suv quvvati”..“Jahon adabiyoti” jurnali, 2009 yil, 4-son. 119-120-b. [3].Yomg‘ir duosi. “Yuz bir duo” kitobi T. “Mehnat” 1992-yil, 16-b. [4].Uzoq Jo‘raqulov. “Suv Olloh zikrini eshitsa...” maqolasi. Oyna uz.sayti. 15.09.2021. //Hijr surasi 22-oyatda internet manba. [5]. Ernst Mo‘ldashov, “Biz kimdan yaralganmiz?” kitobidan parcha,Tafakkur jurnali, 2/2005, 51-b. [6].Shoxista Nizomova “O‘zbek she’riyatida suv va olov obrazlarining irfoniy asoslari” maqolasi. Til va adabiyot uz jurnali, 2025-yil 9-son 47-48-b. [7].Malla savdogar dostoni. Baxshi Shoberdi Boltayev varianti. T. “Akademnashr” 2019-yil.215-216-b. [8]. Asotir va rivoyatlar, 43-44-b. T. “O‘zbekiston LKSM Markaziy Komiteti “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1990-y, 43-44-b. [9].Rahmonova Dilrabo Sharipovna, Matniyazova Nilufar Sabirovna. “Qadimiy afsonalar” maqolasi. Молодой ученый. — 2016. — № 9.5 (113.5). — С. 96-99. — URL: https://moluch.ru/archive/113/29733. [10].Majidova Shahnoza Komilovna. Avestoda suv kulti bilan bog ‘liq miflar. “Pedacocs” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagogs.uz Volume-46, Issue-1, November -2023 64 -63-b. [11]. Shodmonqul Salom. “Suv” maqolasi. Ma’naviy hayot jurnali, 2/2014, 96-97-98-b. [12]. Ne’mat Arslon. Hutoma (Oksimoron) roman T. “Qamar-media” 2022. 7-bet
