Abstract
Mazkur maqolada mumtoz she’riyatda keng istifoda etilgan tarje’
(takrorlash) usulining zamonaviy adabiyotning ilk davrida, xususan jadid adabiyotida
istifoda etilishi, tarje’ning nazariy masalalari, uning lirikadagi maqomi xususida so‘z
borgan. Ayni chog‘da, tarje’ning tarje’bandlardan farqi masalasiga ham to‘xtab o‘tilgan. Tarje’ning she’riyatdagi o‘rni, muallifning asosiy niyati ana shu tarje’larda namoyon
bo‘lishligiga urg‘u berilgan. Nazariy fikrlarning dalili sifatida Hamza Hakizodaning
she’riyatda tajdid bo‘lgan tarje’ g‘azali tahlil etilgan. She’rning g‘azallik belgilari hamda
tarje’lik xususiyatiga alohida to‘xtab o‘tilgan. “Milliy she’r” deb atalmish bu tarje’
g‘azal to‘liq tahlil etilgan va shoirning aytmoqchi bo‘lgan fikru niyatlariga munosabat
bildirilgan. O‘rni bilan she’r poetikasi xususida muxtasar so‘z borgan.