Abstract
18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Sharqiy (Xitoy) Shinjon hududi Yevrosiyo qit'asidagi «oxirgi ko‘chmanchi imperiya» – Jung‘or xonligi tugatilganidan keyin, Tsin sulolasi tomonidan ushbu yerlarni «tinchlantirish» jarayonida murakkab va ziddiyatli voqealar girdobiga tushdi. Bir tomondan, mintaqada iqtisodiy rivojlanishning oshishi kuzatildi, boshqa tomondan esa markazdan qochish kayfiyatlari kuchaya boshladi, bu holat 1820-yillardan boshlab antitsin harakatlari ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. Ushbu voqealarda Qo‘qon xonligining roli muhim bo‘lib, u Sharqiy Turkiston musulmon aholisiga siyosiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatgan.