Abstract
Ushbu maqola yoshlarning ishsizligini bartaraf etish, ijtimoiy faollikni oshirish va qashshoqlikni kamaytirishning samarali vositasi sifatida milliy hunarmandchilik imkoniyatlarini o‘rganadi. Maqolada, shuningdek, yoshlarning hunarmandchilik sohasiga jalb etilishini kuchaytiruvchi, pirovardida ko‘proq ijtimoiy inklyuziya va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi siyosat choralari va ijtimoiy tashabbuslar muhokama qilinadi.